«tamaki mahsulotlari» tegli maqolalar


O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda
13 aprel 2024, 11:36

O‘zbekistonda elektron sigaretalar importi va sotuvini taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlarini olib kirish va sotishni taqiqlash, shuningdek, ushbu cheklovlarni buzganlik uchun javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi maktab o‘quvchilari orasida elektron sigaretlardan foydalanish ko‘payganini qayd etmoqda.

Toshkentda 110 ming quti tamaki yoqib yuborildi
15 fevral 2024, 14:26

Toshkentda 110 ming quti tamaki yoqib yuborildi

Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 110 ming quti tamaki mahsuloti yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda ushlab qolingan noqonuniy tamakilar miqdori 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

Samarqandda 117 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi
16 noyabr 2023, 10:55

Samarqandda 117 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Samarqandda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 1 mlrd 668 mln so‘mlik 117 ming qutidan ziyod sigaret va chilim uchun tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Ular maxsus texnikalarda yanchilib, suvga bo‘ktirildi va yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.

Bojxonachilar O‘zbekistonga qariyb 13 mlrd so‘mlik sigaretlar olib kirilishining oldini oldi
21 sentabr 2023, 19:20

Bojxonachilar O‘zbekistonga qariyb 13 mlrd so‘mlik sigaretlar olib kirilishining oldini oldi

Surxondaryodagi “Boldir” bojxona postida Turkmanistondan kelayotgan poyezd vagonlaridan birini ko‘zdan kechirish chog‘ida 12,7 mlrd so‘mlik 851 ming quti aksiz markasiz sigaretlar aniqlandi.

Toshkentda 228 ming qutidan ortiq tamaki yoqib yuborildi (foto)
7 iyul 2023, 11:28

Toshkentda 228 ming qutidan ortiq tamaki yoqib yuborildi (foto)

Yangihayot tumanidagi zavodda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. 3,3 mlrd so‘mga baholangan ushbu tamakilarning barchasi bitta xonadondan topilgan.

Alkogol va tamakini sotish yoshi oshirildi, maktab va do‘konlar orasidagi masofasi esa qisqardi
25 may 2023, 16:01

Alkogol va tamakini sotish yoshi oshirildi, maktab va do‘konlar orasidagi masofasi esa qisqardi

Prezident alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash to‘g‘risidagi qonunning yangi tahririni imzoladi. Qonun bilan ushbu mahsulotlarni 21 yoshgacha bo‘lganlarga sotish taqiqlandi. Maktablardan do‘konlargacha bo‘lgan masofa 100 metrgacha qisqartirildi. Elektron sigaretlarni tartibga solish boshlanadi.

O‘zbekistonda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi
28 dekabr 2022, 12:15

O‘zbekistonda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki va spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi

Senat 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar va spirtli ichimliklarni internet hamda savdo avtomatlar orqali sotishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Taqiqlar ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi.

Foto: Toshkentda 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi
23 noyabr 2022, 15:02

Foto: Toshkentda 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Yangihayot tumanidagi zavodlarning birida 297,4 mln so‘mlik 34,2 ming quti kontrabanda tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Bojxona qo‘mitasi noqonuniy olib kirish holatlari ko‘proq vodiy viloyatlarida uchrashini ma’lum qildi. Yil boshidan beri 19,2 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi.

Sergelida 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi
30 sentabr 2022, 12:38

Sergelida 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Sergelidagi zavodlarning birida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 25 ming quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi. Ular 23 iyun kuni Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yuk avtomashinasidan topilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting